avatar
Куч
130.93
Рейтинг
+52.07

Saydaliyev Sanjar Sodiqivich

Мақолалар

Ҳайратомуз далиллар

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан


 


— Денгиз юлдузи ошқозонини ташқарига чиқариши мумкин. — Энг узоқ вақт сувсиз юра оладиган жонзот — каламуш. — Бегемотлар сув остида дунёга келади. — Орангутанглар юзага келаётган хавф ҳақида олдиндан хабар беради. — Юмронқозиқ бир кечада 76 метр туннел қазиши мумкин. — Чувалчангнинг тишлари 25 мингга яқин холос. — Нил дарёсидаги тимсоҳлар туфайли ҳар йили 1000 дан ортиқ инсон ҳалок бўлади.



Bobur haqida siz bilgan va bilmagan 10 fakt

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан


 


            BOBUR HAQIDA SIZ BILGAN VA BILMAGAN 10 FAKT


 


1. Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda dunyoga kelgan. Ota tomondan Sohibqiron Amir Temurga 5-avlod hisoblanadi.


2. Otasi Umarshayx Mirzo baxtsiz hodisa tufayli olamdan o’tgach, 12 yoshli Bobur Farg’ona taxtiga o’tirgan.


3 Bobur so’zi fors tilidan olingan bo’lib, “she’r, yo’lbars” degan ma’noni anglatadi.


4. Bobur juda kuchli va baquvvat inson bo’lgan. Ikki yelkasida ikki odamni ko’tarib, qal’a devorlari ustida mashq qilgani aytiladi.



Билл Гейтс ўзи учун ишлаб чиққан муваффақият сирлари,

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

Уильям Генри Гейтс III 1955 йилда Америкада Сиэтл шаҳрида дунёга келди. Инсониятга у ўз ақлий салоҳияти билан сармоя тўплаган энг бой  одам сифатида танилган. Лекин унга омад дарров келиб қолмаган. Мактабда ўқиганда грамматика, ҳуқуқшунослик ва бошқа фанлардан ўзлаштириши анча ёмон бўлган, Билл бу фанларни сийқаси чиққан деб ҳисобларди. Хатто бошланғич мактабда ёмон хулқи учун уни психиатрга ҳам жўнатишган.


Ўз хотираларида буни компьютер билан ўта қизиқиш оқибати деб изоҳлаган. Бўш вақтининг ҳаммаси программалаштириш билан ўтар эди. Ҳафтасига 20−30 соатлаб компьютер синфида вақтини ўтказарди. Бир сафар унинг учун компьютерга парол қўйишади, аммо кўп ўтмай у паролни бузади. Натижада ёз бўйи компьютер синфига кириши таъқиқланади.


Гарвард университетида ҳам ноқулайликларга учраб турарди — уни иккинчи курсда  ҳайдаб юборишади.  Буни ҳам Билл ўз фойдасига ўгиради-энди программалаштиришга  кўпроқ вақт сарфлаши мумкин эди-да. Орадан икки йил ўтиб  «MicroSoft» компаниясига асос солинади.


20 йилдан сўнг эса  105 мамлакатдан 78 000 дан кўпроқ одамни иш билан таъминлаб, 50 миллиард  долларлик  бойваччага айланди.  


Жобснинг ютуқлари

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

Стив Жобс — дунёнинг энг машҳур кишиларидан бири эди. Афсус энди у орамизда йўқ. Стив Жобс — америкалик талабалар тақлидига муносиб намунали инсон.  Буни талабаларнинг ўзлари сўровлар жараёнида эътироф этадилар. Каттароқ ёшли америкаликлар эса Стивни америка орзусини ушалиш тимсоли деб ҳисоблайдилар.


У дунёдаги энг машҳур бренд тимсоли эди. Бутун танасини оғриқлар исканжасига олиб,  секин- аста емираётган касаллик ҳам унинг руҳини синдирмаган, тушкунликка туширмаган эди.


Бинобарин, Стив Жобс инсонлар учун орзулар ушалишининг ёрқин мисолига айланди. Бунинг учун ота-онаси бадавлат бўлиши ёки қудратли ҳомийга ёхуд ғайриоддий истеъдодга эга бўлиш асло шарт эмас экан. Лекин бунинг учун нимадур керак-ку? Жобсни бошқалардан фарқи нимада эди? Унинг муваффақиятлари сири нима? Бу каби саволларга унинг таржимаи ҳолидан жавоб топиш мумкин.



"Informatika va axborot texnologiyalari" fani bo‘yicha test topshiriqlari qanday bo'ladi.

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан


«Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha test topshiriqlari qanday bo'ladi


 


«Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha test topshiriqlari qanday dastur asosida tuzilgan va mazkur fan bo‘yicha test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda qaysi adabiyotlardan foydalanish kerak?


 


 Ushbu savol O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 30 apreldagi PQ-2170-sonli «Respublika oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori bilan tanishgan har bir abituriyentni qiziqtirishi tabiiy.


 



YOLG’IZIM

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

Qoshingday qoraydi qaro tun,


Yulduzdek uchdingmi, yulduzim.


Necha ming aylandi bu gardun,


Men hamon yolg‘izman, yolg‘izim.


 


Gavharim, gavharga chopdingmi,


Bir dunyo bo‘lardim men o‘zim?


Tengsizim, tengingni topdingmi,


Men hamon yolg‘izman, yolg‘izim.


 


Suymadim boshqa bir sanamni,


Yo qalbim ko‘r bo‘lgan, yo ko‘zim.


Men yolg‘iz o‘g‘liydim onamning,


Men hamon yolg‘izman, yolg‘izim.


 


Sen erka o‘g‘lingni erkala,


Tizzamni quchoqlay men o‘zim.


Ko‘ksimda yig‘laydi bir nola,


Men hamon yolg‘izman, yolg‘izim

Сабр-тоқат ҳақида

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

  


    Ҳар бир инсон бу ҳаётда яшар экан, ўз олдига ниманидир ният қилади, орзу қилади ва бу орзуси амалга ошиши учун тинмай ҳаракат қилади, изланади, курашади. Тўғри, мақсадга эришиш учун олдимизда узоққин йўллар, машаққатлар жуда кўп бўлади. Бироқ иродаси мустаҳкам, имони бут одам барчасини сабр-бардош билан енгиб ўта олади.


   


 


 


 



Dunyoda nechta til bor?

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

Dunyoda nechta til bor?


    Men bu ma'lumotlarni bilganlar uchun takrorlash, bilmaganlar uchun baza bo'ladi degan umitdaman.Dunyo xalqlari xilma-xil tillarda gaplashishadi. Biroq fan aniqlikni yaxshi ko‘radi. Shu tufayli vaqti-vaqti bilan tilshunoslar tillar sonini hisobga oladilar va o‘z ma’lumotlarini e’lon qilishadi. Raqamlar odatda bir biriga doimo mos tushavermaydi. Chunki u yoki bu tilni hamma joyda ham birdek tan olavermaydilar. Natijada o‘sha tilni ro‘yxatga kiritmay qo‘yish hollari uchrab turadi.Kurrai zaminimizda hammasi bo‘lib taxminan 5621 ta til va sheva bor bo‘lib, hozirgacha ulardan 500 tasigina o‘rganilgan xolos. Har uch tildan bittasining yozuvi bo‘lmay, faqat og‘zaki nutq shakliga egadir.    Jahondagi 1400 ta tilning yo‘qolib ketish xavfi bor. Dunyo tillaridan faqat 40 tasigina og‘zaki va yozma jihatdan mukammal shakllanib bo‘lgan deb hisoblanadi. O’sha 40 tilning orasida o‘zbek tili ham bor.     Shuningdek, Himolayda 160 xil til bor. Afrikaning Niger daryosi havzasida 280ta til mavjud bo‘lsa, Yangi Gvineyadagi Papua davlati bu borada mutloq chempion. U yerda jami 3 million aholi 1010 xildagi til va shevada so‘zlashadi.   Xitoyda ingliz tilida so‘zlashuvchilar soni Amerika Qo‘shma Shtatlaridagidan ko‘proq.


Eng boy tillar


    Dunyodagi so‘z jihatdan eng badavlat tillar bular arab va ingliz tillari bo‘lib, inglizlarning hisobida 2500000 (ikki yarim million)dan oshiq so‘z bo‘lsa (qarang: Paxotin A.I. «112 otvetov na vashi voprosы ob angliyskom yazыke». Moskva. 2005.), arab tilida esa 3500000 (uch yarim million)dan ortiq lug‘at boyligi bor (Bu ma’lumotni menga ustozim marhum Muzaffar Xo‘jaev bergan). O’zbek tilida taxminan 1400000-1600000 atrofida so‘z bor ekan (bu raqam yuqoridagi ma’lumotlar va shaxsiy tajribamga suyangan holda berilmoqda). Biz yuqorida keltirgan hozirgi ma’lumotlar, albatta, ko‘proq ijtimoiy sohalar bo‘yicha nisbatan olingan xolos.     A.I.Paxotinning so‘zlariga qaraganda, kimyo faniga oid atamalarning o‘zi 2000000 (ikki million)dan ziyodroq ekan. Endi o‘ylab ko‘ring, biologiya yoki matematikada yoxud fizikada qancha ilmiy atamalar bor ekan-a!?    Tilshunoslik fanidan ma’lumki, qaysi tilda «sinonim» — «ma’nodosh» so‘zlar ko‘p bo‘lsa, o‘sha til eng boy til hisoblanadi. Shuningdek, qaysi tilda «omonim» — «shakldosh» so‘zlar ko‘p uchrasa, demak o‘sha til eng kambag‘al tillar sirasiga mansub deya yuritiladi. Masalan, shimoliy qutbda yashaydigan eskimos qabilasiga mansub millat tilida «qor» so‘zining yigirma xil sinonimi mavjud bo‘lsa, arab tilida «cho‘l» so‘zining yuzdan ortiq varianti bor. Sinonim so‘zlar aslida arab tilida eng ko‘p uchraydi.    Omonim so‘zlarga misol sifatida o‘zbek tilidagi birgina «til» so‘zini tahlil qilish orqali tilshunoslikdagi bu muammoga ancha-muncha aniqliklar kiritish mumkin. Chunonchi, o‘zbekchada «til» so‘zi bir paytning o‘zida ikki xil ma’noni anglatib keladi:  1.O’rganiladigan til fani. 2. Odamning yoki boshqa tirik mavjudotning tili.     Bu vaziyatni boshqa tillar timsolida ham ko‘rib o‘tsak bo‘ladi, zero, rus tilida ham «til» so‘zi xuddi o‘zbekchadagi kabi omonim ekanligi ma’lum bo‘ladi: — 1. Russkiy yazыk – Rus tili. 2. Yazыk cheloveka – Odamning tili. «Til» so‘zi arab va ingliz tillarida esa, aksincha, sinonim hisoblanadi. Masalan, arabchada «lug‘atun» — «o‘rganiladigan til»ni ifodalab kelsa, «lisaanun» — «tirik mavjudotning tili»ni anglatadi. Ingliz tilidagi «language» — «o‘rganiladigan til»ni bildirsa, «tongue» — tana a’zosi bo‘lmish «til» deb tarjima qilinadi.  


Eng kambag‘al til


Gvineya (poytaxti –Bisau shahri, Afrika.)da mahalliy Taki tilida bor yo‘g‘i 340 ta so‘z bor, xolos. 


Bir kishilik til


   Ayni kunda ingliz, rus, nemis, arab va ispan tillarida so‘zlashayotgan insonlarning hisob-kitobini qilish amri mahol ish. Ammo ba’zi bir tillar borki, ularni o‘sha tilda suhbatlashayotganlar o‘zlari bilan olib ketishi mumkin. Xullas, siz hozir eng kam insonlar muloqatda bo‘ladigan tillar haqidagi bilimga ega bo‘lasiz degan umiddamiz.   Yangi Gvineyada atigi 4 million aholi istiqomat qilsa-da, ular 800 tilda suhbatlashishadi. Shuningdek, ana shu tillarning birortasidayam 100 ming kishi bir-birlari bilan muloqatda bo‘lolmaydilar.     Dunyodagi eng kam odam gaplashadigan til bu – bikya tilidir. Bu til faqatgina Afrika qit’asining Kamerun va Nigeriya davlatlari o‘rtasidagi qishloqda yashaydigan 87 yoshli kampirshoga tegishli.    Susami tilida esa Miroviya provintsiyasida istiqomat qiladigan ikki oila a’zolari bir-biri bilan hol-ahvol so‘rashadi, xolos.   Latviyada esa yana shunday til borki, uni 200 kishi tushunadi. Bu – livon tilidir.    Oun g‘arbiy septik tilida hozircha 384 kishi muloqotda bo‘lsa, alfendio sharqiy septik zaboni esa 633 insonga tegishli ekan.    Lilau va seymit tillarida zamonamiz kishilaridan 450 kishi suhbatlashar ekan.    Kandas tilida Yangi Irlandiyada qo‘nim topgan 480 kishi o‘zaro «g‘idi-bidi» qilishadi.    Eng kam uchraydigan hind tillaridan biri maratidir. Bu til Maxarashta shtatiga tegishli. Orissa shtatida esa oriya tili rusum bo‘lgan. Telugu tilida Andxra Pradesh shtatidagilar va tamil tilida Tamil Nadudagi aholi o‘zaro muloqot qiladi.   Garchi Tailanda asosiy til tay lahjasi bo‘lsa-da, aholining ko‘p qismi shevada suhbatlashadi. Tilshunoslar ularning ichida lao, kammuang va paktay tillarini mustaqil, deb hisoblaydilar. 


Marhum tillar


   Jahonda keng iste’moldan chiqib ketgan hamda butunlay yo‘qolib ketgan tillar benihoya ko‘p. Ularni tilshunoslar ikkiga bo‘lib o‘rganadilar ya’ni, yozma nutqqa ega bo‘lgan «o‘lik» tillar hamda faqat og‘zaki shakli bor «o‘lik» tillar.    Og‘zaki nutqqagina ega bo‘lib, hozirda butunlay yo‘qolib ketgan tillarning son-sanog‘i deyarli yo‘q. Ham yozma, ham og‘zaki nutq shakliga ega, biroq hozir amalda mavjud bo‘lmagan qadimiy tillar ham talaygina. Tilshunoslik fanida bu kabi tillarni «o‘lik tillar» deb ataydilar.    O’lik tillarning eng buyuglaridan ikkitasi fan olamida juda mashhur hisoblanadi. Ulardan biri Hindistondagi qadimiy sanskrit tili bo‘lsa, ikkinchisi zamonaviy tibbiyot xodimlari keng iste’foda etadigan lotin tili hisoblanadi.    O’lik tillar ro‘yxatiga qadimiy xitoy va ingliz tillarini kiritsa ham hech xato bo‘lmaydi. Chunki zamonamiz kishilari ana shu ikki tilda bitilgan tarixiy asarlarda muhrlanib qolgan mumtoz so‘zlarni tushunishlari amri maxoldir. Ko‘hna xitoy tilidagi manbalarni tushunmaslik o‘z-o‘zidan ma’lumki, ular eramizdan avvalgi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Biroq XVI-asrning oxirlari XVII-asrning o‘rtalaridagina yashab o‘tgan buyuk ingliz yozuvchisi Uilyam Shekspirning tilini bugungi kun inglizlari asl manbadan o‘qib mutlaqo tushunmasliklari ilmiy isbotlangan voqeadir.  


Eng ko‘p tarqalgan til


   Siz darhol: — Bu xitoy tili, deb o‘ylashingiz tabiiy hol. To‘g‘ri yer kurrasidagi eng ko‘p aholi yashaydigan Xitoy Xalq Respublikasidek davlatda 1 yarim milliarddan ortiq odam xitoy tilida gaplashgan bilan, lekin u butun jahon bo‘ylab keng yoyilmagan-da! Afsuski, bu baxtli til ispancha ekanligidan ko‘pchilik, hatto, aksariyat tilshunoslarning o‘zlari ham bexabardirlar. Ispan tilini bu qadar ommalashib ketishiga avvalo mashhur sayyohlar, dengiz qaroqchilari hamda ispaniyalik mustamlakachilar sabab bo‘lib qolganlar. Shunisi qiziqarliki, Amerika Qo‘shma Shtatlarining 50 ta shtatidan 23 tasida davlat tili ispan tili hisoblansa, bor-yo‘g‘i 21 tasidagina ingliz tili amaldagi til va qolgan shtatlarda esa frantsuz tili hukmronlik mavqeini saqlab turmoqda. Ma’lumki, AQShda har bir shtat aholisi o‘z mahalliy qonunlariga amal qilib yashaydi